Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

Tibbiy va biologik fizika — fan dasturi

Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika kafedrasi. Modulning ishchi o'quv dasturi (sillabus) asosida.

Bilim sohasi
900000 – Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot
Ta'lim sohasi
910000 – Sog'liqni saqlash
Ta'lim yo'nalishi
60910200 – Davolash ishi (shuningdek Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot)
Kurs / semestr
1-kurs, II semestr
O'quv yili
2025–2026
Nazorat shakli
Joriy nazorat (JN)
Modulning maqsadi

Bo'lajak mutaxassislarga organizmdagi a'zo va sistemalar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to'g'ri talqin qilish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, a'zo va to'qimalarda turli kasalliklarning paydo bo'lishi jarayonlarida biofizikaviy o'zgarishlarning birlamchiligini ko'rsatish. Inson organizmi a'zo, to'qima va sistemalarining molekulyar, hujayra va to'qima darajasidagi biofizik xossalarini tushunish hamda kasalliklarni aniqlash va davolashning yangi usullarini yuqori texnologik saviyada yaratish uchun zarur zamonaviy fizikaviy bilimlarni ta'minlash.

Modulning vazifalari
  • Odam organizmi a'zo va to'qimalari faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni o'rganish;
  • Organizm to'qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossalarini o'rganish;
  • Fiziologik holat va anatomik tuzilishni tarkib va funksiya birligi nuqtayi nazaridan yaxlit tushunish;
  • Tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta'sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish.
Talabaning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar
Bilishi kerak

Organizm a'zo va to'qimalari faoliyati asosida yotuvchi fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni; to'qima va suyuqliklarning mexanik, bioelektrik va optik xossalarini; tashqi muhit fizik omillarining davolovchi va salbiy ta'sir mexanizmlarini.

Ko'nikmaga ega bo'lishi kerak

Fizikaviy qonuniyatlarni tirik organizmdagi jarayonlarga tatbiq etish.

Malakaga ega bo'lishi kerak

Tibbiy-biologik ma'lumotlarni fizik-texnik asboblar yordamida olish, qayd etish va tahlil qilish.

O'quv yuklamasi

120
Umumiy soat
4
Kredit
12
Ma'ruza
48
Amaliy va laboratoriya
60
Mustaqil ta'lim
Ma'ruza — 12 soat (10%) Amaliy va laboratoriya — 48 soat (40%) Mustaqil ta'lim — 60 soat (50%)

Ma'ruza mashg'ulotlari

№MavzuSoatKompetensiyalar
1 Biofizika fan sifatida. Biomexanika. Qattiq jismlar va biologik to'qimalarning mexanik xossalari 2 UK 1, UKK 1 Ochish
2 Bioakustika. Tovushning fizikaviy xarakteristikalari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish 2 UK 2, UKK 1 Ochish
3 Bioreologiya. Biologik suyuqliklarning qovushqoqligi 2 UK 3, UKK 1 Ochish
4 Bioenergetika. Termodinamika. Tirik sistemalar termodinamikasi 2 UK 1, UKK 3, UKK 4 Ochish
5 Biomembranologiya. Membranalar biofizikasi 2 UK 1, UKK 3, UKK 4 Ochish
6 Biologik elektrodinamika 2 UK 1, UKK 3, UKK 4 Ochish

Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari

Dasturdagi 20 ta mavzu (48 soat) platformada 15 ta amaliy mashg'ulot va 4 ta laboratoriya ishi sifatida berilgan.

№Dasturdagi mavzuSoat
1Fizik parametrlarni o'lchash xatosini hisoblash nazariyasi. Jismoniy miqdor birliklari2
2Shtangentsirkul, mikrometr va tarozida o'lchashni o'rganish2
3To'g'ri geometrik shakldagi qattiq jismlarning zichligini aniqlash2
4Qattiq jismlarning va biologik to'qimalarning Yung modulini egilish metodi bilan aniqlash4
5Organizmning biologik to'qimalari va suyuq muhitlari zichligini o'rganish. Piknometr yordamida zichlikni aniqlash2
6Tibbiyotda termometriya usullari. Termojuftni darajalash va termometr sifatida qo'llash2
7Tana suyuqliklarining zichligini aniqlash usullari. Ostvald-Pinkevich viskozimetri (VPJ-2)2
8Biologik suyuqliklar qovushqoqligini aniqlash usullari. VK-4 viskozimetri2
9Qovushqoq suyuqliklarda jismlarning harakatlanishi. Stoks usuli4
10Havo namligini aniqlash usullari. Assman (aspiratsion) psixrometri. Namlikning organizmga ta'siri2
11Tovush xarakteristikalari va eshitish sezgirligi. Tovush tezligini turg'un to'lqin usulida aniqlash2
12Tibbiyotda sirt taranglik koeffitsientini aniqlashning ahamiyati. Tomchi usuli2
13Sirt taranglik koeffitsientini tomchi og'irligini o'lchash usuli bilan aniqlash2
14N.S. Korotkov usulida qon bosimini o'lchash. Yurakning ishi va quvvati4
15O'zgaruvchan tok. Impedans. G'altak induktivligi va kondensator sig'imini aniqlash2
16Organizm to'qimalarining elektr o'tkazuvchanligi. Reografiya. Uitston ko'prigi2
17Yorug'likning tabiati. Yorug'likning kogerent manbalari2
18Yorug'likning to'lqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlash2
19Linzaning fokus masofasi va optik kuchini aniqlash2
20Optik mikroskopning tuzilishi va ishlash prinsipi4
Platformadagi mashg'ulotlar

Mustaqil ta'lim mavzulari

Auditoriyadan tashqari o'zlashtiriladi va joriy baholashda inobatga olinadi. Ishlarni platformaning "Baholash → Mustaqil ta'lim" bo'limi orqali topshiring.

№MavzuSoatIsh shakli
1 Bionika asoslari va uning inson hayotidagi o'rni 2 Prezentatsiya tayyorlash Topshirish
2 Elektromagnit maydonning organizmga ta'siri 2 Grafik organayzer tuzish Topshirish
3 Elektr tokining organizmga ta'siri 2 Referat tayyorlash va himoya qilish Topshirish
4 Elektron mikroskopiya usullarining tibbiyotdagi ahamiyati 4 Doklad tayyorlash Topshirish
5 Tibbiyotda endoskopik usullarning qo'llanishi 2 Prezentatsiya tayyorlash Topshirish
6 Tolali optika asboblarining tibbiyotdagi ahamiyati 2 Grafik organayzer tuzish Topshirish
7 Xatoliklar nazariyasi elementlari 2 Referat tayyorlash va himoya qilish Topshirish
8 Bevosita va bilvosita o'lchash xatoliklari 2 Doklad tayyorlash Topshirish
9 Tajriba natijalari tahlilining statistik usullari 2 Prezentatsiya tayyorlash Topshirish
10 Materiyaning asosiy fizikaviy xossalari. Turli agregat holatlardagi xususiyatlari 4 Referat tayyorlash va himoya qilish Topshirish
11 Organizm to'qimalarining zichligini aniqlash 4 Grafik organayzer tuzish Topshirish
12 Organizm suyuq muhitlari zichligini aniqlash. Arximed qonuni 2 Doklad tayyorlash Topshirish
13 Exografiya va elektrografiya usullarining fizik asoslari 2 Muammoli vaziyatli masala yechish Topshirish
14 Tibbiy tomografiya apparatlarining ishlash prinsiplari 4 Doklad tayyorlash Topshirish
15 Qon aylanish sistemasining fizik asoslari 4 Prezentatsiya tayyorlash Topshirish
16 Mexanik to'lqinlarning inson organizmiga ta'siri 2 Doklad tayyorlash Topshirish
17 Radioto'lqinli jarrohlik 2 Grafik organayzer tuzish Topshirish
18 Lazerning tibbiyotda qo'llanishi 2 Referat tayyorlash va himoya qilish Topshirish
19 Kuch. Kuch momenti va inersiya momenti 2 Doklad tayyorlash Topshirish
20 Aylanma harakat mexanikasi qonunlari. Harakatdagi jismning kinetik energiyasi 4 Prezentatsiya tayyorlash Topshirish
21 Suyuqlik va gazlar. Bosim 4 Grafik organayzer tuzish Topshirish
22 Suyuqliklar molekulyar tuzilishining xususiyatlari 4 Referat tayyorlash va himoya qilish Topshirish

Asosiy va qo'shimcha adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar
  1. 1.S.X. Umarov, A.A. Ismanova, F.K. Xalloqov. Tibbiy va biologik fizika. Darslik. 2025.
  2. 2.R.G'. Yunusova. Tibbiy va biologik fizika fanidan laboratoriya mashg'ulotlari to'plami. O'quv qo'llanma. 2025.
  3. 3.Bazarbayev M.I., Mullajonov I. va boshq. Biofizika. Darslik. – Toshkent, 2018.
  4. 4.Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika. Darslik. – Toshkent, 2005.
  5. 5.Ремизов А.Н. Медицинская и биологическая физика. Учебник. – Москва, 2016.
Qo'shimcha adabiyotlar
  1. 1.Антонов В.Ф., Черныш А.М., Козлова Е.К., Коржуев А.В. Физика и биофизика. Учебное пособие. – Москва, 2012.
  2. 2.Федорова В.Н., Фаустов Е.В. Медицинская и биологическая физика. Курс лекций с задачами. – Москва, 2008.
  3. 3.Антонов В.Ф. Биофизика. Учебник. – Москва, 2006.
  4. 4.Mullajonov I., Karimov X.A. va boshq. Biofizikadan laboratoriya mashg'ulotlari. Uslubiy qo'llanma. – TTA, 2014.
  5. 5.Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. – Academic Press, 2013.