Platformadan foydalanish
Platformadan kimlar foydalana oladi?
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining 1-kurs talabalari (Davolash ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot yo'nalishlari) va fan o'qituvchilari. Ro'yxatdan o'tish bepul.
Ro'yxatdan o'tish uchun nima kerak?
Ism-familiya, telefon raqami, elektron pochta va parol. Ta'lim muassasasi va guruh raqamini ham ko'rsatsangiz, o'qituvchi sizni o'z guruhida ko'radi.
O'qituvchi sifatida qanday kiraman?
Oddiy ro'yxatdan o'ting, so'ngra platforma administratoriga murojaat qiling — hisobingizga "O'qituvchi" roli beriladi va O'qituvchi paneli ochiladi.
Parolimni unutdim. Nima qilaman?
Kirish sahifasidagi "Parolni unutdingizmi?" havolasini bosing va emailingizni kiriting. Xat kelmasa, administratorga murojaat qiling.
Mashg'ulotlar
Nega keyingi mashg'ulot yopiq turibdi?
Mashg'ulotlar ketma-ket ochiladi. Keyingisiga o'tish uchun joriy mashg'ulot matnini o'qib "O'qildi" deb belgilang, krossvord va testdan kamida 60% to'plang.
"Matn" va "Asl hujjat" ko'rinishlari nimasi bilan farq qiladi?
"Matn" — saytda o'qish uchun moslashtirilgan ko'rinish: mundarija, formulalar, jadvallar, rasmlarni kattalashtirish. "Asl hujjat" — o'qituvchi tayyorlagan hujjatning varaqlari aynan o'z holida: sahifalab o'qish, qidirish va yuklab olish mumkin.
Ma'ruzalarni slayd ko'rinishida ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Mashg'ulot matni ustidagi "Taqdimot" tugmasi yoki Interaktiv → Slayd-taqdimotlar bo'limi orqali. To'liq ekran uchun F tugmasini bosing.
Masalalar yechish dasturlaridan qanday foydalanaman?
Interaktiv → Masalalar yechish dasturlari bo'limidan kerakli formulani tanlang va o'lchov natijalaringizni kiriting. Natija birliklari bilan darhol hisoblanadi. Mustaqil yechish uchun masalalardagi javobingizni shu yerda tekshirishingiz mumkin.
Testlar va baholash
Test necha savoldan iborat va vaqti qancha?
Har bir test 25 ta savol, vaqt — 25 daqiqa. Savollar va variantlar har urinishda aralashtiriladi, javoblar avtomatik saqlanadi.
Testni qayta topshirsa bo'ladimi?
Ha, cheklovsiz. Eng yaxshi natijangiz hisobga olinadi. Xato javoblarni natija sahifasida ko'rib chiqing va mavzuni takrorlang.
Umumiy reyting qanday hisoblanadi?
Mashg'ulotlarni o'qish (10%), testlar (40%), krossvordlar (10%), mustaqil ta'lim (25%) va case-study (15%). Bajarilmagan topshiriq 0 ball sifatida kiradi. 86–100 — a'lo, 71–85 — yaxshi, 55–70 — qoniqarli.
Mustaqil ish va case-study javoblarini kim baholaydi?
Fan o'qituvchisi. Baho va izoh tegishli sahifada ko'rinadi. Ish qayta ishlashga qaytarilsa, uni tuzatib qayta yuborishingiz mumkin.
Sertifikat qanday olinadi?
Barcha mashg'ulotlarni yakunlagach (matn o'qilgan, krossvord va testdan 60% va undan yuqori), shaxsiy kabinetda sertifikat olish tugmasi paydo bo'ladi. Sertifikatda QR kod bor — uning haqiqiyligini istalgan kishi tekshira oladi.